O‘zbekiston–2030 strategiyasi doirasida transport sohasini rivojlantirish: Erishilgan natijalar va yangi maqsadlar
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
O‘zbekiston–2030 strategiyasi, transport sohasi, transport infratuzilmasi, logistika, jamoat transporti, temir yo‘l transporti, aviatsiya, tranzit yuk tashuvlari, transport xizmatlari, barqaror rivojlanishАннотация
Mazkur maqolada yangilangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida transport sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirilgan islohotlar natijalari hamda 2030 yilgacha belgilangan yangi maqsadlar tahlil qilingan. Unda transport xizmatlari hajmining o‘sishi, avtomobil, jamoat transporti, temir yo‘l va aviatsiya infratuzilmasining modernizatsiyasi hamda xususiy sektor ishtirokining kengayishi yoritilgan. So‘nggi yillarda xalqaro yuk tashuvlari, jamoat transporti sifati, temir yo‘llarni elektrlashtirish, metropoliten va aviatsiya tizimidagi rivojlanishlar statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Shuningdek, transport xizmatlari hajmini oshirish, tranzit tashuvlarini kengaytirish, jamoat transporti qamrovini to‘liq ta’minlash, zamonaviy transport vositalari sonini ko‘paytirish hamda temir yo‘l va aviatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan maqsadli ko‘rsatkichlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari transport sohasidagi islohotlar mamlakatning logistika salohiyati va xalqaro transport tizimidagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilayotganini ko‘rsatadi.