20GL markali po‘lat tarkibidagi vodorodning metall xossalariga ta’siri hamda uni kamaytirish jarayonlarini tadqiq etish

Авторы

  • N. Tursunov Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор https://orcid.org/0009-0008-7910-3980
  • N. Qodirova Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор
  • Z. Raxmatova Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор
  • M. Abdulazizov Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

20GL markali po‘lat, vodorod destruksiyasi, Siverts qonuni, termodinamik modellashtirish, floken, pechdan tashqari ishlov berish, argon bilan puflash

Аннотация

Ushbu maqolada 20GL markali quyma po‘lat tarkibidagi vodorodning metall xossalariga ta’siri hamda uning miqdorini kamaytirish usullari o‘rganilgan. Vodorod po‘lat tarkibida erigan holda mavjud bo‘lib, uning ortiqcha konsentratsiyasi flokenlar, ichki yoriqlar va boshqa strukturaviy nuqsonlarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqotda 20GL po‘latining kimyoviy tarkibi asosida vodorodning termodinamik holati Siverts qonuni va o‘zaro ta’sir parametrlari yordamida modellashtirilgan. Vodorodning aktivlik koeffitsiyenti hamda muvozanat konsentratsiyasi hisoblanib, haroratning 1848–1898 K oralig‘ida ortishi metalldagi vodorod eruvchanligini oshirishi aniqlangan. Olingan natijalar asosida quyish haroratini optimallashtirishning vodorod miqdorini cheklashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, pechdan tashqari argon bilan puflash va vakuum ostida ishlov berish usullarining vodorodni kamaytirishdagi samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari yuqori sifatli quyma po‘lat ishlab chiqarishda vodorod nazoratini takomillashtirish va floken kabi qaytarib bo‘lmaydigan nuqsonlarning oldini olish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Загрузки

Опубликован

2026-06-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 304

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.