Chiqindi konteynerlari holatini sensor ma’lumotlari asosida baholash va hududiy xizmatni avtomatlashtirish
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-110-114Ключевые слова:
Internet buyumlari, aqlli chiqindi boshqaruvi, chiqindini saralash, ho‘l chiqindi, quruq chiqindi, metallni aniqlash, to‘lish darajasi, geografik monitoring, Telegram botАннотация
Maqolada IoT sensorlari asosida maishiy chiqindilarni ho‘l, quruq va metall turlariga ajratish, konteynerlarning to‘lish darajasini masofadan kuzatish hamda to‘lish chegarasi oshganda mas’ul xodimga avtomatik xabar yuborishga mo‘ljallangan aqlli chiqindi boshqaruv tizimi ishlab chiqilgan. Taklif etilgan yechim induktiv metall sensori, namlik sensori, ultratovush masofa sensori, ESP32 mikrokontrolleri, server ma’lumotlar bazasi, geografik monitoring paneli va bot-xabarnoma modulini yagona arxitekturaga birlashtiradi. Chiqindini tasniflashda metallni birinchi tekshiruvchi ketma-ket qaror qoidasi, konteyner to‘lishini baholashda esa sensor va chiqindi yuzasi orasidagi masofaga asoslangan matematik model taklif etilgan. Dasturiy prototipda chiqindi yig‘ish nuqtalarini hududiy guruhlash, xaritada ko‘rsatish, qurilma holatini kuzatish va belgilangan to‘lish darajasida manzilga bog‘langan xabar yuborish funksiyalari amalga oshirilgan. Funksional sinovlar tizim modullarining o‘zaro bog‘langan holda ishlashini tasdiqladi.