To‘ldirma ta’sirini hisobga olgan holda yopiq temirbeton ramalarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati xususiyatlari

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-282-286

Ключевые слова:

temirbeton yopiq rama, to‘ldirma, devor, gazoblok, diagonal tirgak, kombinatsiyalashgan yuklanish, yuk ko‘tarish qobiliyati, darzbardoshlilik

Аннотация

Maqolada vertikal va gorizontal yuklarning birgalikdagi ta’sirida bo‘lgan bir ravoqli to‘ldirmasiz va to‘ldirmali temirbeton yopiq ramalarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatlarini o‘rganish bo‘yicha nazariy va eksperimental tadqiqot natijalari keltirilgan. Sinov namunalari ikkita seriyadan iborat bo‘lib, birinchi seriyadagi yopiq ramaning ichi to‘ldirilmagan, ikkinchi seriyadagi yopiq ramaning ichi esa gazoblok bilan ustunlarga zich (tirqishsiz) holda to‘ldirilgan. Ichi to‘ldirilmagan temirbeton yopiq rama siljishlar usuli asosida uch marta statik noaniq tizim sifatida tahlil qilingan. Ichi to‘ldirilgan temirbeton yopiq ramadagi to‘ldirma ekvivalent diagonal tirgak modeli (Mainstone modeli) bilan almashtirilib, rama va to‘ldiruvchining parallel (dual system) ishlashi hisobga olingan. Namunalar vertikal va gorizontal yuklarning birgalikda ta’siriga sinaldi. Sinov va nazariy hisob-kitob bo‘yicha olingan natijalar qiyosiy taqqoslangan.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

41-50 из 249

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.