Temir yo‘l stantsiyalarining o‘tkazuvchanlik va qayta ishlash qobiliyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar

Авторы

  • Dilmurod Butunov Toshkent davlat transport universiteti Автор https://orcid.org/0009-0009-4165-0257
  • Choriyor Jonuzoqov Toshkent davlat transport universiteti Автор
  • Javlon Jo‘raboyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi Автор
  • Dinara Kengesbaeva Toshkent davlat transport universiteti Автор

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-22-26

Ключевые слова:

temir yo‘l stansiyasi, o‘tkazuvchanlik qobiliyati, qayta ishlash qobiliyati, omil, aniq va yashirin vaqt yo‘qotishi

Аннотация

Ishdan maqsad temir yo‘l stansiyalrining o‘tkazuvchanlik va qayta ishlash qobiliyatlarini aniqlashda ularga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, tizimlashtirish va yangi yondashuv ishlab chiqishdan iborat. Maqsadga erishish uchun tizimli tahlil, analitik usul va sxematik ifodalash usullaridan foydalanildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra tashish jarayonida vagon oqimlarning 80% dan yuqori holatda temir yo‘l stansiyalarida turishi aniqlandi. Stansiyalrining o‘tkazuvchanlik va qayta ishlash qobilyatlarini aniqlash usullari o‘rganildi va yondashuvlar turlicha ekanligi aniqlandi. Ilmiy ishlar tahlili natijasida texnik stansiyalar misolida ularning o‘tkazuvchanlik va qayta ishlash qobiliyatlariiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlandi va ular shartli ravshda 4 ta guruh (texnologik, texnik, inson, atrof-muhit)ga ajratildi. Natijada temir yo‘l stansiyasi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlashning yangicha yondashuvi ishlab chiqildi. Bu orqali stansiyaning o‘tkazuvchanlik qobilyatini doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi va stansiya ish jarayonida sodir bo‘ladigan aniq va yashirin holatlarda vaqt yo‘qotishlarini keltirib chiqaruvchi omillar ta’siri ulushlarini inobatga olgan holda aniqlash imkoniyati yaratildi.

Опубликован

2025-11-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

21-30 из 277

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.