Qarama-qarshi porshenli kompressorlarni silindr-porshen guruhini moylamay ishlash rejimiga o‘tkazish imkoniyati to‘g‘risida

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-4-165-168

Ключевые слова:

kompressor, porshen, silindr, porshen halqalari, moylash, siqilgan havo, kompressor moyi, shtok, klapan

Аннотация

Ushbu maqolada qarama-qarshi porshenli kompressorlarni silindr-porshen guruhini moylamasdan ishlash rejimiga o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Kompressorlarni ishlatishda moylash kompressorning ishqalanuvchi qismlarining yeyilishini kamaytiradi va ishqalanishga energiya sarfini kamaytiradi, porshen halqalari va salniklardagi germetiklikni oshiradi, harakat mexanizmining ishqalanuvchi yuzalarini sovitadi. Biroq, ishqalanish uzellaridagi an’anaviy moylash materiallari eng zaif joy hisoblanadi, chunki organik moddalarning portlovchi konsentratsiyalari paydo bo‘lishi tufayli moylash materiallari yuqori xavf manbai bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, kompressorlarni moylash uchun kamyob kam tarqalgan moylar talab etiladi. Silindrlar g‘iloflari va sovitkichlar trubkalari devorlarida qurum-moy qatlamlari hosil bo‘lishi tufayli sovitish tizimlari siqilgan havoni kerakli darajada sovitishni ta’minlamaydi. Keyingi yillarda bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun porshenli kompressorlarni silindr va salniklarni moylamasdan ishlash rejimiga o‘tkazish taklif qilinmoqda.

Опубликован

30.12.2025

Выпуск

Раздел

Статьи

Как цитировать

Qarama-qarshi porshenli kompressorlarni silindr-porshen guruhini moylamay ishlash rejimiga o‘tkazish imkoniyati to‘g‘risida. (2025). Вестник транспорта - Transport Xabarnomasi, 2(4), 165-168. https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-4-165-168

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Похожие статьи

1-10 из 20

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.