Temir yo‘l shoxobcha yo‘lida vagonlarning turish vaqtini me’yorlash masalalari

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

shoxobcha yo‘llari, yuk aylanmasi, vagon aylanmasi, vaqt, o‘tkazish qobiliyati, muddatdan ziyod to‘xtab turishi, optimallashtirish

Аннотация

Temir yo‘l harakat tarkibidan samarali foydalanish transport sohasi ishining asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Vagonlarning shoxobcha yo‘llarida turish vaqti logistik zanjirining umumiy unumdorligida katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada vagonlarning turish vaqtini me’yorlashga bo‘lgan asosiy yondoshuvlari ko‘rib chiqilgan, mavjud muammolar taxlil etilgan shuningdek zamonaviy texnologik yechimlarni hisobga olgan holda optimallashtirish usullari taklif etilgan. Mazkur ishning maqsadi yuklarni qayta ishlash jarayoniga zarar yetkazmagan holda, yuk aylanish tezligini oshirishga qaratilgan, vagonlarning shoxobcha yo‘llarida turish vaqtini me’yorlash usulini ishlab chiqishdir. Tadqiqot usuli shoxobcha yo‘llaridan foydalanishning joriy holatini taxlili, asosiy chegaralanishlarni va muammolarni aniqlashni, shuningdek ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasinining tamoyillarini qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Shoxobcha yo‘llarida vagonlarning turish vaqtining tarkibiy qismi bo‘lgan texnologik va operatsiyalar orasidagi vaqtlar, shuningdek unumsiz bo‘lgan turish vaqtlari ko‘rib chiqilgan. Shoxobcha yo‘llarni tasniflash murakkabligi sababli analitik usulni qo‘llashning qiyinligiga va aniq ma’lumotlarni keltirish, shuningdek qo‘llanilayotgan formulalarning zaruriyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Natijalarni qo‘llash soxasi yetkazib berishning multimodal zanjiriga integratsiyalashgan sanoat korxonalari shoxobcha yo‘llarining, teminal va ombor majmualarining ishini optimallashtirishni o‘z ichiga oladi. Taklif etilgan usul harakat tarkibining texnik tavsifini, texnologik operatsiyalarning o‘ziga xosligini va infratuzilmaning chegaralinishlarini inobatga olish imkoniyatini beradi. Ishning amaliy ahamiyati vagonlarning muddatdan ziyod to‘xtab turish vaqtini qisqartirishdan, harakat tarkibidan foydalanishni yaxshilashdan va transport tizimining umumiy samaradorligini oshirishdan iborat. Taklif etilayotgan yondoshuvlarni joriy etilishi shoxobcha yo‘llarning tashqi va ichki o‘zgarishlarga bo‘lgan adaptatsiyasini oshiradi shuningdek logistik jarayonlarni boshqarishda ilg‘or texnologiyalarni integratsiyasiga sabab bo‘ladi.

Загрузки

Опубликован

2026-04-02

Похожие статьи

11-20 из 214

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.