Siqilgan tabiiy gaz yonilg'isida ishlovchi IV-avlod gaz ballonli avtomobillarda sovuq ishga tushirish jarayonini takomillashtirish
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-254-258Ключевые слова:
gaz ballonli avtomobil, gaz ballon uskunasi, siqilgan tabiiy gaz, “benzindan gazga” boshqaruvi, dvigatelning sovuq ishga tushirilishi, tirsakli val aylanishlar chastotasi, dvigatel harorati, energiya samaradorligi, ekologik xavfsizlik, matematik modelАннотация
Maqolada markazlashgan shaharlar ekotizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri bo‘lgan avtomobil transporti ekspluatatsiyasi jarayonida atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindi gazlar miqdorini kamaytirish va energiya resurslaridan oqilona foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot ob’yekti sifatida universal yonilg‘i ta’minot tizimiga ega IV-avlod gaz ballon uskunalari bilan jihozlangan gaz ballonli avtomobillar tanlangan. Maqolada dvigatelning sovuq holatda ishga tushirilishidan benzin yonilg‘isidan siqilgan tabiiy gaz yonilg‘isiga o‘tish jarayoni tahlil qilingan hamda ushbu o‘tishni belgilovchi harorat ko‘rsatkichi ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan 30–40°C oralig‘idan O‘zbekiston Respublikasi iqlim sharoitlariga moslashtirilib 25°C darajasiga o‘tkazilgani asoslangan. O‘tkazilgan ekspluatatsiya sinovlari va eksperimentlar asosida dvigatelning sovuq ishga tushirilishi davomidagi benzin yonilg‘isi sarfini aniqlovchi empirik formulalar hamda tirsakli val aylanishlar chastotasi va dvigatel haroratiga bog‘liq holda “benzindan gazga” va “gazdan benzinga” boshqaruv rejimlarini tavsiflovchi matematik model ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari gaz ballonli avtomobil dvigatellarining sovuq ishga tushirish jarayonidagi energiya samaradorligini oshirish va ekologik xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.