Telekommunikatsiya infratuzilmasida aloqa xavfsizligini oshirishning zamonaviy yondashuvlari

Mualliflar

##semicolon##

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-3-45-48

##semicolon##

telekommunikatsiya infratuzilmasi, IP-telefoniya, kiberxavfsizlik, TLS, SRTP, VPN, IDS/IPS, aloqa xavfsizligi

Abstrak

Ushbu maqolada telekommunikatsiya infratuzilmasida aloqa xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng qo‘llanilishi, xususan, IP-telefoniya, mobil aloqa va optik tolali tarmoqlarning joriy etilishi bilan bir qatorda ularning kiberxavfsizlik darajasini oshirish dolzarb masalaga aylandi. Tadqiqotda telekommunikatsiya tarmoqlariga xos kiber tahdidlar - DoS/DDoS hujumlari, ma’lumotlarni tinglash (sniffing, eavesdropping), qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish (hijacking) hamda firibgarlik usullari (vishing) batafsil o‘rganildi. Aloqa xavfsizligini oshirishda qo‘llaniladigan kriptografik usullar (TLS, SRTP, VPN), tarmoq himoyasi vositalari (firewall, IDS/IPS, VLAN) hamda tashkiliy choralar (foydalanuvchi autentifikatsiyasi, parol siyosati, xodimlarni o‘qitish) samaradorligi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kompleks yondashuv asosida himoya choralarini joriy etish telekommunikatsiya tizimlarining barqarorligi va ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. Taklif etilgan yechimlar “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida milliy telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2025-12-05

##submission.howToCite##

Telekommunikatsiya infratuzilmasida aloqa xavfsizligini oshirishning zamonaviy yondashuvlari. (2025). Transport Xabarnomasi, 2(3), 45-48. https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-3-45-48

O'xshash maqolalar

##common.pagination##

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.