Poyezd tuzuvchilarining mehnat xavfsizligini baholash va boshqarishning tizimli usullari

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-221-225

Ключевые слова:

poyezd tuzuvchisi, mehnat xavfsizligi, kasbiy risk, manyovr operatsiyalari, ergonomik yuklama, meteorologik sharoit, xavf omili, avtomatlashtirilgan monitoring, Safety-I, Safety-II.

Аннотация

Maqolada temir yo‘l transporti korxonalarida, xususan, manyovr ishlarini bajaruvchi poyezd tuzuvchilarining mehnat xavfsizligini baholash va boshqarish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi poyezd tuzuvchilarining mehnat faoliyati davomida yuzaga keladigan xavfli va zararli omillarni tizimli ravishda aniqlash, kasbiy risklarni baholash hamda ularni kamaytirishga qaratilgan tashkiliy, texnik va ergonomik choralarni asoslashdan iborat. Tadqiqotda xavflarni identifikatsiyalash, ehtimollik va oqibat og‘irligini baholash, risk matritsasi, matematik modellashtirish, RULA, REBA va OWAS ergonomik baholash usullaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi. Poyezd tuzuvchisining ish faoliyatiga harakatdagi tarkib, vagonlar orasida ishlash, vagonlarga chiqish-tushish, strelkali o‘tkazgichlar, sirpanish, elektr xavfi, noqulay meteorologik sharoitlar, shovqin, vibratsiya, jismoniy va psixoemotsional yuklamalar kompleks ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Tadqiqot natijasida xavflarni aniqlash, riskni baholash, axborotni yig‘ish, matematik modellashtirish, himoya choralarini tanlash, avtomatlashtirilgan monitoring va qayta baholashdan iborat uzluksiz boshqaruv modeli taklif etildi. Mazkur yondashuv poyezd tuzuvchilarining mehnat sharoitlarini kompleks baholash va kasbiy risklarni kamaytirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

21-30 из 195

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.